AsosiySport

“Lokomotiv” xorij yig`inini o`tkazish uchun bugun Minskka yo`l oladi

'“Lokomotiv” xorij yig`inini o`tkazish uchun bugun Minskka yo`l oladi'ning rasmi

Kecha ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugundan yig`inni Belorussiya poytaxti Minsk shahrida davom ettiradi.

Yodingizda bo`lsa, “Lokomotiv” o`tgan yili ham davralar oralig`idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Minskda o`quv-mashg`ulot yig`ini tashkil etgan edi. Murabbiylar shtabi bu safar ham aynan ushbu shaharda mashg`ulotlar olib borishni ma`qul topishdi.

“Temiryo`lchilar” Minsk safariga jami 24 nafar futbolchi bilan birgalikda yo`l olishmoqda. Jamoamiz bugun soat 17:00da Minskka parvoz qiladi.

“Lokomotiv”ning Minskka boradigan tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov

Ma`mur Ikromov

Rustam Nortojiev

Himoyachilar:

Muhammad Kone

Islom To`xtaxo`jaev

Sherzod Fayziev

Shuxrat Muhammadiev

Salim Mustafoev

Oleg Zoteev

Sergey Proxorov

Farrux Ibragimov

Yarim himoyachilar:

Kaxi Maxaradze

Sardor Mirzaev

Ikrom Aliboev

Temur Kapadze

Sadriddin Abdullaev

Salamat Qutiboev

Diyor Turopov

Azizbek Amonov

Jaloliddin Masharipov

Hujumchilar:

Murod Bobojonov

Marat Bikmaev

Idris Bikmaykin

Blessing Olabiran Muyiva

Ta`kidlash joizki, Blessing Olabiran Muyiva hamda Idris Bikmaykin jamoamiz safida ko`rikdan o`tishadi. Agar ularning harakatlari murabbiylar shtabiga ma`qul kelsa, har ikki futbolchi ham “Lokomotiv” a`zosiga aylanishadi.

Boshqa yangiliklar