AsosiySport

“Paxtakor” yana besh futbolchi bilan shartnoma imzoladi

'“Paxtakor” yana besh futbolchi bilan shartnoma imzoladi'ning rasmi

Toshkentning "Paxtakor" klubi ikkinchi davra oldidan yana besh nafar yangi futbolchini jamoatchilikka tanishtirdi. Bu haqda O`zPFl matbuot xizmati ma`lum qildi.

Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi o`z tarkibini yana ikki nafar legioner futbolchi bilan to`ldirdi. Bungacha chernogoriyalik Marko Simich bilan shartnoma imzolagan "Paxtakor", braziliyalik Tiyago Bezerra hamda isroillik Gidik Kanyuk bilan ham shartnoma imzoladi.

Shuningdek, "Nasaf" a`zolari - Eldor Suyunov hamda himoyachi Sherzod A`zamov, "Olmaliq" hujumchisi Zabihillo O`rinboev ham "Paxtakor"ning yangi a`zolari sifatida OAV xodimlariga tanishtirildi.

Boshqa yangiliklar