AsosiySport

Dilshod Nuraliev Xitoydagi turnirga 20 futbolchi jalb qildi

'Dilshod Nuraliev Xitoydagi turnirga 20 futbolchi jalb qildi 'ning rasmi

Shu yilning 13–17 iyul kunlari Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-15 asosiy terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

Ushbu turnirda O`zbekiston o`smirlar termasidan tashqari Xitoy, Chexiya va Yaponiya U-15 terma jamoalari qatnashadi. Dilshod Nuraliev bo`lajak turnirga 20 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Mo`minmirzo Qodirov (“Bunyodkor”), Shukron Yo`ldoshev (“Paxtakor”);

Himoyachilar: Miraziz Sadiov (“Paxtakor”), Sardor Abdurashidxo`jaev (“Bunyodkor”), Xurshid Ubaydullaev (“Bunyodkor”), Muhammadyusuv Nosirov (“Bunyodkor”), Doniyor Sobirov (“Bunyodkor”), Jasur Abdulbekov (“Bunyodkor”), Shavkat Tohirov (BO`SM);

Yarim himoyachilar: Mironshoh Sattorov (“Bunyodkor”), Mirjalol Qosimov (“Nasaf”), Temur Mamasiddiqov (“Paxtakor”), Ruslan Ro`ziev (“Paxtakor”), Jasur Jaloliddinov (“Bunyodkor”), Diyor Rahimqulov (“Bunyodkor”), Abdurauf Bo`riev (“Bunyodkor”), Murod Xo`jamberdiev (“Nasaf”), Azamat Abduhalilov (“Yangier”);

Hujumchilar: Igor Chirkizov (“Paxtakor”), Bobur Sobirov (“Lokomotiv”).

Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar