“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal o`z faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La gazzetta dello Sport nashri ma`lum qildi.
Italiyaning “Roma” jamoasi 21 yoshli fransiyalik hujumchining xizmatlariga muhtojlik sezmoqda. Joze Mourino qo`li ostida etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmayotgan futbolchi mankunianlarni tark etishi kutilmoqda.
Marsyal 2015 yili “Monako”dan “Manchester Yunayted”ga ko`chib o`tgan. Uning amaldagi kelishuvi 2019 yilning iyunigacha mo`ljallangan.
O`tgan mavsumda fransiyalik yosh iste`dod egasi APLning 25 o`yinida maydonga tushib, 4 ta gol va 6 ta golli pasga mualliflik qilgan.