Evropa futbol ittifoqi (UEFA) mintaqadagi eng yaxshi klublar reytingini e`lon qildi. Mazkur reytingda 151,799 koeffisientga ega bo`lgan “Real Madrid” birinchi o`rinni egalladi.
Madridliklar so`nggi 4 yilda 3 marta EChLda g`olib bo`lgan. Madrid shahrining yana bir vakili – “Atletiko” 133,799 koeffisient bilan ikkinchi, “Barselona” esa 128,799 koeffisient bilan uchinchi pog`onada joylashdi.
“Bavariya” (122,656) va “Yuventus” (119,049) kuchli beshlikdan joy olgan.

Qayd etish kerakki, ushbu reyting klublarning so`nggi 5 yil ichidagi EChL va Evropa Ligasidagi natijalari asosida tuzilgan.






