AsosiyDunyo

​SAN-FRANSISKO AEROPORTI DISPETChERI 5 TA SAMOLYoT TO`QNAShUVINING OLDINI OLDI

'​SAN-FRANSISKO AEROPORTI DISPETChERI 5 TA SAMOLYoT TO`QNAShUVINING OLDINI OLDI'ning rasmi

Uchuvchining xatosi tufayli aviasiya tarixidagi eng katta falokat yuz berishi mumkin edi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Air Canada kompaniyasining samolyoti San-Fransisko aeroportining qo`nish yo`lagiga emas, balki parvoz qilish yo`lagiga qo`ndi. Samolyot qo`ngan vaqtda mazkur yo`lakda 4 ta, bortida yo`lovchilar bo`lgan samolyot parvozga shaylanib turgan edi.

Nashrning xabar berishicha, dispetcherning hushyorligi tufayli falokatning oldini olindi. U Torontodan uchib kelgan samolyot ekipajiga aerobusni yuqoriga ko`tarish haqida buyruq berdi. Layner havoda ikki marta doira yasab, kerakli joyga muvaffaqiyatli ravishda qo`ndi. Aeroport va Air Canada kompaniyasi xodimlari surushtiruv ishlarini boshlashdi. Ular hozircha bo`lib o`tgan hodisaga izoh berishmadi.

Air Canada kompaniyasi samolyotining bortida 135 nafar yo`lovchi va 5 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Qolgan 4 ta samolyotdagi yo`lovchilar soni haqida ma`lumot berilmadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar