Italiyaning “Roma” jamoasi yarim himoyachi Raja Nainggolanning shartnomasini uzaytirish borasida futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Football Italia nashrining xabar berishicha, 29 yoshli belgiyalik futbolchi yangi shartnomasiga ko`ra yiliga 5 million evro maosh oladi. Rajaning rimliklar bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilning yoziga qadar mo`ljallangan.
O`tgan mavsumda Raja Nainggolan A Seriyaning 37 o`yinida ishtirok etib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani o`z hisobiga yozib qo`ygan.






