Yangi futbolchilar tanishtirish marosimida "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze ushbu o`tishlar xususida fikrini bildirdi.
"Tarkibga yangi futbolchilar qo`shib oldik va seleksiya borasida yaxshi ishlayapmiz. Jamoadagi raqobat tufayli natijalar ham o`zidan o`zi kelaveradi. Qanday hisobda g`alaba qozonishning farqi yo`q. Agar muxlislar ko`paysa, biz ham gollarni ko`paytiramiz.
Tarkibga qo`shib olgan futbolchilarimiz tajribali, biroq hali qari emas. “Jar”da o`tkazayotgan mashg`ulotlarimizda juda ko`p yoshlar qatnashmoqda. Bu esa mutanosiblikni ta`minlaydi.
Biz ikkita kuchli tarkibni shakllantirishimiz kerak. Hozircha bizda yana bir Osiyo qit`asi legioneri uchun joy bor. Undan foydalanishga urinib ko`ramiz", - dedi gruziyalik murabbiy.