AsosiySport

O`zbekiston U-15 terma jamoasi Xitoyda ilk mashg`ulotini o`tkazdi

'O`zbekiston U-15 terma jamoasi Xitoyda ilk mashg`ulotini o`tkazdi 'ning rasmi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-15 asosiy terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Xitoyga etib bordi.

Turnir shu yilning 13–17 iyul kunlari bo`lib o`tadi va unda O`zbekiston o`smirlar termasi bilan birgalikda Xitoy, Chexiya va Yaponiya U-15 terma jamoalari qatnashadi. Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishing.

O`smirlar o`rtasidagi Hua Shan Cup xalqaro turniri

13 iyul, payshanba

13:00 Chexiya – O`zbekiston
16:35 Xitoy – Yaponiya

15 iyul, shanba

13:00 O`zbekiston – Xitoy
16:35 Yaponiya – Chexiya

17 iyul, dushanba

13:00 Yaponiya – O`zbekiston
16:35 Xitoy – Chexiya

Eslatma: Uchrashuvlarning boshlanish soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan

Avval xabar berilganidek, Dilshod Nuraliev bo`lajak turnirga 20 futbolchini jalb qilgan. Jamoa Xitoyda ilk mashg`ulotini ham o`tadi.

Boshqa yangiliklar