Ispaniya soliq inspeksiyasi qoshidagi bojxona departamenti vakillari “Real Madrid” forvardi Krishtianu Ronalduning yaxtasida tekshiruv o`tkazdi.
“Real” klubi etakchisi ayni paytda Balear orollarida hordiq chiqaryapti. Bojxona xodimlari futbolchi homilador rafiqasi bilan restorandan yaxtaga qaytgan bir paytda paydo bo`lishgan. Ular bir yarim soat mobaynida ijaraga olingan yaxtada tintuv o`tkazishgan.
Eslatib o`tamiz, portugaliyalik futbolchi o`zining imidj huquqidan oladigan daromadlaridan soliq to`lamaganlikda ayblanmoqda. Ronaldu to`lashni istamayotgan summa 14,7 mln evroni tashkil etadi. Ushbu ish yuzasidan sud 31 iyul kuni bo`lib o`tadi.