“Arsenal” jamoasi Avstraliyadagi turnesi davomida birinchi o`yinni mahalliy “Sidney” klubiga qarshi o`tkazib, 2:0 hisobida g`alaba qozondi.
“To`pchilar” libosida ilk bor maydonga tushgan Aleksandr Lyakazett 83-daqiqada “Arsenal” uchun birinchi golini kiritishga muvaffaq bo`ldi.
“Sidney FK” (Avstraliya) – “Arsenal” Angliya – 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – Mertesaker, 4. 0:2 – Lyakazett, 83.
Yangi mavsumga tayyorlanayotgan Angliyaning “Everton” jamoasi bugun Keniyaning “Gor Maxia” jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi.
Mazkur o`yinda, “irislar” safiga qaytgan Kiran Dovell xamda Ueyn Runilarning gollari evaziga “Everton” 2:1 hisobida keniyaliklarni mag`lub etdi.
“Gor Maxiya” (Keniya) – “Everton” (Angliya) – 1:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – Runi, 35. 1:1 – Tuyisenge, 37. 1:2 – Kiran, 82.






