AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILIShIGA DOIR

'​O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILIShIGA DOIR'ning rasmi

2017−2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo`yicha Davlat dasturiga asosan Tashqi ishlar vazirligi boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda chiqish va kirish tizimini takomillashtirish borasida me`yoriy-huquqiy aktini tayyorlash topshirilgan.

Yuqorida ko`rsatilgan me`yoriy akt oldiga qo`ygan vazifalar, shuningdek chet elga chiqishda qo`yiladigan ikki yillik stikerni bekor qilish, chiqish hujjatlarini tayyorlashda qulayliklar yaratilayotgani BMT inson huquqlari bo`yicha oliy komissar Zeid Raad al-Xussaynning mayda O`zbekistonga tashrif doirasida yuqori baholangan.

5 iyul kuni press-klubda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirokida o`tgan uchrashuvda ham aynan ushbu mavzudagi savollar diqqat markazda bo`ldi.

Aytish joizki, Prezidentning 11 iyuldagi migrasion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirishda ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish to`g`risidagi Qarorida vakolatli tashkilotlarga bir oy muddatda mazkur masala bo`yicha takliflarni ishlab chiqishga ko`rsatma berilgan.

Takliflarda xorijga chiqish pasportlarini joriy etishning aniq bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlar aks etishi lozim.

Ayni damda Respublikada xorijga chiqish pasportini kiritish masalalarini ishlab chiqish va amalga kiritish borasida maxsus ishchi komissiya tuzilgan.

Ta`kidlash joizki, respublikada xorijiy pasportni amalga kiritish borasida ijobiy bir to`xtamga kelinadigan bo`lsa, ushbu hujjatni berish bosqichma-bosqich 2019 yildan boshlab amalga oshiriladi.

Xorijda amaldagi biometrik pasport bilan yashayotgan shaxslar uchun ushbu hujjatni mamlakat tashqarisida ishlatish bo`yicha alohida tartib ishlab chiqiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar