1

O`tgan mavsum kashfiyoti o`z futbolchisini “Liverpul”ga sotmadi

Sport 14.07.2017, 10:47
Teglar: Futbol
O`tgan mavsum kashfiyoti o`z futbolchisini “Liverpul”ga sotmadi

O`tgan mavsum kashfiyoti deb tan olingan va EChL yo`llanmasini qo`lga kiritgan Germaniyaning “Leypsig” klubi rahbariyati ahmoqona ish qildi.

Jamoa vakillari 22 yoshli gvineyalik yarim himoyachi Nabi Keyta bo`yicha “Liverpul”dan tushgan 65 million evrolik taklifni rad etdi.

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Keytaning xizmatlariga shaxsan qiziqish bildirgan. Ammo “Leypsig” sport direktori Ralf Rangnik yarim himoyachini sotish niyati yo`qligini ma`lum qildi.

Qayd etish kerakki, gvineyalik futbolchining o`zi “Liverpul”ga o`tish istagida. Germaniya klub vakillari esa EChL oldidan muhim futbolchisidan ajralish niyatida emas.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1