BAAning Al-Ayn shahrida ertaga, 15 iyul kuni kelasi yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatining saralash bosqichi “D” guruhi uchrashuvlari start oladi. Saralashning “D” guruhi uchrashuvlarida mezbon BAA, O`zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar terma jamoalari kurash olib boradi.
Kecha, 13 iyul kuni kechgi payt Ravshan Haydarov shogirdlari “Al-Ayn”ga tegishli “Tanhun Bin Muhammad” stadionida rasmiy mag`shulot o`tkazdi. Bugun, 14 iyul kuni “D” guruhi qatnashchilarining rasmiy vakillari bilan miting bo`lib o`tadi. Shundan so`ng, jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi.
Quyida U-23 Osiyo chempionatining saralash bosqichi uchrashuvlari taqvimi bilan tanishish mumkin.
U-23 OCh–2018 saralashi, “D” guruhi
15–19 iyul. Al Ayn, BAA
“Tahnun Bin Muhammad” stadioni
1-tur | 15 iyul
BAA – Nepal (18:25)
O`zbekiston – Livan (21:25)
2-tur | 17 iyul
Nepal – O`zbekiston (18:25)
Livan – BAA (21:25)
3-tur | 19 iyul
BAA – O`zbekiston (18:25)
Livan – Nepal (21:25).
Eslatma: Uchrashuvlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan.






