Dortmundning “Borussiya” klubi o`zining yaponiyalik yarim himoyachisi Shinji Kagava bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy saytiga asosnalib, ESPN FC xabar berdi.
Unga ko`ra 28 yoshli futbolchi dortmundliklar safida 2020 yilga qadar qoladigan bo`ldi. Eslatib o`tish lozimki, uning avvalgi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar amal qilar edi.
Ma`lumot uchun, Yaponiya terma jamoasi a`zosi o`tgan mavsum Bundesligada jami 21ta uchrashuvda maydonga tushib, o`z hisobiga 1ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo`yishga erishgan.






