1

Ravshan Haydarov: Hozirgi kunda eng yaxshilar tarkibdan o`rin olgan

Sport 15.07.2017, 07:30
Teglar: Futbol
Ravshan Haydarov: Hozirgi kunda eng yaxshilar tarkibdan o`rin olgan

O`zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov saralash turniri startidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi va OAV xodimlari savollariga javob berdi.

"Avvalo, ushbu turnir tashkilotchilariga hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasiga mazkur saralash turnirini yuqori saviyada tashkil etishga sharoit yaratib berganliklari O`FF hamda shaxsan o`zim nomimdan minnatdorchilik bildiraman. Terma jamoalar yaxshi sharoitlar yaratilgan", - deydi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

"Biz ham o`z navbatida turnirga yaxshi maqsad va vazifalarni ko`zlagan holda tashrif buyurdik. Guruhdagi barcha jamoalarga omad tilayman. O`ylaymanki, turnirga etarlicha va yaxshi sharoitda tayyorgarlik ko`rdik. Bugungi kunda terma jamoaga mashg`ulotlarda va turnirlar davomida o`zlarini ko`rsatgan va har jihatdan terma jamoaga munosib futbolchilar jalb etilgan."

"U-22 terma jamoasi bu milliy terma jamoadan keyingi ikkinchi jamoa. Butun dunyoda shunday. Shuning uchun bu terma jamoaga ham e`tibor katta. Ushbu turnir futbolchilarga o`zlarini ko`rsatishlari uchun yashigina imkoniyat. Ular aynan shunday turnirlar va yuqori saviyadagi raqiblarga qarshi o`yinlardan keyin tajriba to`plashlari va o`sishlari mumkin. Ushbu turnir ham futbolchilarga ajoyib imkoniyat. Bu ular uchun Osiyo chempionati musobaqasi tramplin vazifasini o`tashi mumkin. Biz ham milliy terma jamoaga munosib futbolchilarni etishtirib berishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz", - deydi Haydarov.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1