Madridning “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos Italiyaning “Yuventus” klubi qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, turinliklar Blez Matyuidi va Aksel Vitselning transferi amalga oshmagach, 27 yoshli Germaniya terma jamoasi a`zosini o`z safiga qo`shib olishga harakat qilmoqchi.
“Yuventus” Kroosni “Milan”ga sotilgan himoyachi Leonardo Bonuchchi (42 million evro) va ketishi kutilayotgan Xuan Kuadrado (25–30 million)ning transferidan so`ng amalga oshirmoqchi. Kroos 70 million evroga baholanyapti, ammo “Real” futbolchini sotmoqchi emas.
Kroos o`tgan yilning oktyabr oyida madridliklar bilan tuzgan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirib, yiliga 10 million evro maoshni olishni belgilab olgan edi.






