AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi 17–23 iyul kunlari Turkiyada yig`in o`tkazadi

'O`zbekiston terma jamoasi 17–23 iyul kunlari Turkiyada yig`in o`tkazadi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o`yinlarga tayyorgarlik ko`rish maqsadida shu yilning 17–23 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahri yaqinidagi Kojaeli muzofotining Izmit shaharchasida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi.

Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur o`quv-mashg`ulotlar yig`iniga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Yig`in FIFA kunlarida o`tkazilmayotgani tufayli legioner futbolchilar taklif qilinmadi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”);

Himoyachilar: Aleksandr Merzlyakov (“Qo`qon-1912”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Sherzod A`zamov (“Nasaf”), Murod Xolmuhammedov (“Qo`qon-1912”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Suhrob Berdiev (“Qo`qon-1912”), Salamat Quttibeov (“Lokomotiv”), Davronbek Umirov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Murod Toshmatov (“Metallurg”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”), Erkin Boydullaev (“Qizilqum”);

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Shohruz Norxonov (“Bunyodkor”).

Qayd etish joiz, jarohati tufayli Marat Bikmaev, Islom To`xtaxo`jaev, Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskanderov jarohati tufayli Turkiyadagi yig`inga chaqiruv olmadi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniri saralash bosqichi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi o`tkazsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda O`zbekiston 8 ta o`yindan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Boshqa yangiliklar