Turkiyaning “Beshiktosh”klubida to`p suragn braziliyalik himoyachi Marselo Guedes Fransiyaning “Lion” jamoasi a`zosiga aylandi.
Tomonlar kelishuvining moliyaviy shartlari va shartnoma muddati haqidagi rasmiy ma`lumot hozircha taqdim qilinmadi. Norasmiy manbalarga ko`ra, fransiyaliklar transfer uchun 7,5 mln evro sarflagan.
Ma`lumot uchun, Marselo 2016 yili “Gannover”dan “Beshiktosh”ga ijara asosida o`tgan, yozda esa turk klubi uning transfer huquqini sotib olgandi.






