Xitoyning Veynan shahrida 15 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Hua Shan Cup xalqaro turnirining 2-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
O`zbekiston o`smirlar termasi ushbu turda mezbon Xitoy U-15 termasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g`alaba qozondi. O`yindagi yagona golga Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi.
Eslatib o`tamiz, dastlabki turda Dilshod Nuraliev shogirdlari Chexiya o`smirlar terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Hua Shan Cup xalqaro turniri
Xitoy, Veynan
15 iyul, shanba
O`zbekiston U-15 – Xitoy U-15 — 1:0
Gol: Jasur Jaloliddinov (11)
O`zbekiston U-15: Mo`minmirzo Qodirov, Hurshid Ubaydullaev, Jasur Abdulbekov, Temur Mamasiddiqov (Ruslan Ro`ziev, 89), Diyor Rahmonbekov, Jasur Jaloliddinov, Mironshox Sattorov, Doniyor Sobirov, Muhammadyusuf Nosirov (Sardor Abdurashidxo`jaev, 60 – Miraziz Saidov, 89), Igor Chirkizov (Bobur Sobirov, 82), Azamat Abdulhalilov (Abdurauf Bo`riev, 46).
Xitoy U-15: Guo Tong, Fan Ruivey, Abudu Rexeman, Su Bi, Jang Singliang, Gao Baxao, Shi Yan, Jang Yujie, Liang Shaoven, Lyu Siangchen, Jin Yixang.
Musobaqaning so`nggi turi 17 iyul, dushanba kuni bo`lib o`tadi. Dilshod Nuraliev shogirdlariya Yaponiyaga qarshi bahs olib borsa, Xitoy o`smirlari Chexiya bilan kuch sinashadi.






