Yangi mavsumga tayyorgarlikni AQShda o`tkazayotgan “Manchester Yunayted” jamoasi mahalliy “Los-Anjeles Gelaksi” futbolchilariga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonda tushdi.
Gollarga boy kechgan o`yinda “qizil iblislar” 5:2 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida Markus Reshford dubl qayd etgan bo`lsa, Fellayni, Mxitaryan va Marsyal bittadan gol urdi.
“Los-Anjeles Gelaksi” (AQSh) – “Manchester Yunayted” (Angliya) – 2:5 (0:3)
Gollar: Reshford, 2 (0:1). Reshford, 20 (0:2). Fellayni, 26 (0:3). Mxitaryan, 67 (0:4). Marsyal, 72 (0:5). Dos Santos, 79 (1:4). Dos Santos, 88 (2:5).
“MYu”: De Xea — Valensiya, Smolling, (Bayi, 46) Dons (Lindelyof, 46), Blind — Fellayni (Pogba, 46), Kerrik, Errera, Mata, Lingard (Marsyal, 46) — Reshford.






