1

Samvel Babayan Turkiyadagi yig`in oldidan o`z rejalari bilan o`rtoqlashdi

Sport 16.07.2017, 15:44
Teglar: Futbol
Samvel Babayan Turkiyadagi yig`in oldidan o`z rejalari bilan o`rtoqlashdi

O`zbekiston milliy terma jamoasi 17–23 iyul kunlari JCh–2018 saralash bosqichiga tayyorgarlik ko`rish doirasida Turkiyada o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan yig`in oldidan Uff.uz saytiga intervyu berib, rejalari haqida so`zlab berdi.

“O`zbekiston terma jamoasi oldiga qo`yilgan vazifaga to`g`ri munosabatda bo`lgan va futbolchilarni har doim ortiqcha to`siqsiz terma ixtiyoriga qo`yib yuborayotgan klublar bosh murabbiylari va rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Shuningdek, bizni har qanaqasiga qo`llab-quvvatlagan muxlislar va jurnalistlarga rahmat. Hozir hammaning to`g`ri munosabati va xayrixohligi biz uchun har doimgidan ham zarurroq. Faqat shundagina O`zbekiston terma jamoasi oldiga qo`yilgan vazifani bajara olamiz. Biz O`zbekiston chempionati birinchi davrasida o`zini ko`rsata olgan futbolchilarni termaga jalb qildik. Bu bilan eng yaqin zaxira kuchlarini batafsil o`rganib chiqish imkoniyatiga ega bo`lamiz.

Ushbu yig`inda ishtirok etadigan futbolchilar orasida katta ehtimol bilan saralashning so`nggi ikki muhim o`yinida maydonga tushadiganlar bor. Futbolchilar terma jamoa muhitini his qilib ko`rishlari biz uchun juda muhim. Yig`in davomida ikkita o`yindan tashqari futbolchilarni ko`plab nazariy materiallar tanishtirib boramiz. Maqsad – O`zbekiston terma jamoasi o`yinlarida ilgari suriladigan taktik talablarni yana bir bor ularning yodiga solish”, – dedi Samvel Babayan.

Qayd etish joiz, Marat Bikmaev, Islom To`xtaxo`jaev, Jamshid Iskanderov, Rustam Ashurmatov va Doston Hamdamov jarohatlardan keyin tiklanish jarayonini o`tkazayotgani uchun, Aziz G`aniev, Javohir Siddiqov va Odil Hamrobekov U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etayotgani bois yig`inga qo`shila olmadi.

Eslatib o`tamiz, Samvel Babayan Turkiyadagi o`quv-mashg`ulotlar yig`iniga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Yig`in FIFA kunlarida o`tkazilmayotgani tufayli legioner futbolchilar taklif qilinmadi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniri saralash bosqichi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi o`tkazsa, 5 sentyabr kuni 10-tur doirasida Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Ayni paytda O`zbekiston 8 ta o`yindan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1