1

Eldor Shomurodov: 2018 yili Rossiyada O`zbekiston termasi libosida to`p tepish nasib qilishiga ishonaman

Sport 17.07.2017, 13:41
Teglar: Futbol
Eldor Shomurodov: 2018 yili Rossiyada O`zbekiston termasi libosida to`p tepish nasib qilishiga ishonaman

O`zbekiston milliy terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” a`zosiga aylangani haqida xabar berilgandi. O`zbekistonlik futbolchi Instagram ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida ilk taassurotlari bilan o`rtoqlashdi.

“Assolomu alaykum qadrli do`stlar, aziz ustoz va murabbiylar, sevimli muxlislarim! Keyingi taqdirimni Rossiya Premer-ligasining “Rostov” klubi bilan bog`ladim. Bundan baxtiyorman. Chunki o`zimni Premer-ligada sinab ko`rishni juda-juda istagandim.

“Mash`al”dan “Bunyodkor”ga yo`l olib adashmadim, aksincha, katta o`sishga erishdim. Umuman, futbolning ilk saboqlarini o`rganishimda xizmatlarini ayamagan va men uchun tramplin bo`lgan “Mash`al” klubi rahbarlari, murabbiylari va barcha ishchi xodimlariga katta rahmat deyman. Endi Toshkent klubidan “Rostov”ga o`tdim. O`ylaymanki, bu qarorim ham har tomonlama foydali bo`ladi.

Rossiya Premer-ligasiga yo`l olishimda o`z yordamlarini ayamagan barcha insonlarga rahmat deyman. Alohida tashakkurlarimni “Bunyodkor” FK bosh direktori Murod Alievga, bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga bildirmoqchiman. Chunki bu insonlar meni to`g`ri tushunishib, kuchli chempionatda to`p tepish istagimni ma`qullashdi va qarorimni qo`llab-quvvatlashdi. Kuchli chempionatdan taklif kelsa klub rahbariyati futbolchining xohish va istaklarini birinchi o`ringa qo`yadi. Menga oq fotiha tilab, Rossiya klubiga o`tishimda ko`mak berganlari uchun ularga yana bir-bor minnatdorchilik bildiraman.

Qadrli do`stlarim, sizlar bilan ajoyib darvlarni birga o`tkazdik. Yorqin g`alabalar, alamli mag`lubiyatlarda birga bo`ldik. Bunday onlar hayotim zarvaraqlarida unutilmas bo`lib qoladi. Hammasi uchun rahmat.

Aziz muxlislar, sizlarning ko`magingiz va daldangiz hozirgi paytda men uchun har qachongidan ham muhim. Chunki hayotimda yangi sahifa ochilayotgan palla. Duolaringiz, daldangiz meni yanada kuchliroq qiladi. “Rostov”dagi raqobatda ijobiy hislatlarimni namoyish etib, yurtimiz sha`nini ruslar diyorida munosib himoya qilishga harakat qilaman.

Hozircha Rossiya maydonlarida “Rostov” libosida o`ynayman. Ishonamanki, 2018 yilda ruslar zaminida O`zbekiston milliy terma jamoasi libosida ham albatta to`p tepish nasib qiladi”, - dedi Eldor Shomurodov.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1