AsosiySport

Ravshan Haydarov: Ko`plab vaziyatlardan foydalana olmadik

'Ravshan Haydarov: Ko`plab vaziyatlardan foydalana olmadik'ning rasmi

U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “D” guruhi 2-turida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Nepalga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

O`yindan keyin O`zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Nepal dastlabki o`yinda 5 ta gol o`tkazib yuborganidan keyin himoyaviy o`yinga e`tibor qaratib, biz bilan o`yinga yaxshi tayyorlandi. O`yin nazoratini qo`lga olganimizga qaramay, ko`plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Nepalning himoya chizig`i va darvozaboni yaxshi o`ynadi. Shogirdlarimning xatti-harakatidan faxrlanaman, ammo xatolarni tahlil qilib, BAAga qarshi o`yinga tayyorlanamiz”, – deb Ravshan Haydarov so`zlaridan iqtibos keltiradi O`FF matbuot xizmati.

Boshqa yangiliklar