AsosiySport

RONALDU TO`RTINChI MARTA OTA BO`LISh ARAFASIDA TURIBDI

' RONALDU TO`RTINChI MARTA OTA BO`LISh ARAFASIDA TURIBDI'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu to`rtinchi marta ota bo`lishga tayyorlanmoqda. Portugaliyalik futbolchi sevgilisi Jorjina Rodrigesdan farzand kutmoqda.

Bir oylarcha avval, ya`ni, 8 iyun kuni surrogat ona Krishtianu Ronalduga egizaklar tug`ib bergandi. Ularga Eva va Mateu deb ism qo`yishgandi. Ronalduning katta farzandini ham surrogat ona dunyoga keltirgan.

To`rtinchi farzand esa haqiqiy muhabbat mevasi bo`lishi kutilmoqda. Jorjinaning homilasi necha oyligiga aniqlik kiritilmagan.

Boshqa yangiliklar