AsosiySport

ANGLIYa TERMASINI ShARMANDA QILGAN DARVOZABON FAOLIYaTINI YaKUNLADI (VIDEO)

'ANGLIYa TERMASINI ShARMANDA QILGAN DARVOZABON FAOLIYaTINI YaKUNLADI (VIDEO)'ning rasmi

Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Pol Robinson futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda BBC’ga asoslangan holda Sports.uz nashri ma`lum qilmoqda.

37 yoshli futbolchi “Lids”da boshlagan va shundan so`ng uzoq yillar davomida “Tottenxem” sharafini himoya qilgan. Keyinroq u “Blekbern”da o`ynadi va so`nggi mavsumni “Byornli”da o`tkazdi.

Robinson Angliya terma jamoasi safida 40 ta o`yin o`tkazgan. U “Tottenxem” safida “Uotford” darvozasiga uzoqdan gol urishga muvaffaq bo`lgandi. Shu bilan birga Xorvatiyaga qarshi o`yinda Robinson o`z darvozasidan sharmandali gol o`tkazgan.


Boshqa yangiliklar