AsosiyJamiyat

XXR Raisi O`zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

2013 yilning 6 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Tashqi ishlar vaziri yordamchisi Chjan Kunshen boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.  

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan. Uchrashuvda XXR Raisi Si Szinpinning O`zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko`rishning amaliy jihatlari hamda ikkitomonlama aloqalarning boshqa masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda XXRning O`zbekistondagi elchisi Chjan Syao ishtirok etdi. 

    Boshqa yangiliklar