Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Danilo o`z faoliyatini Angliyaning “Manchester Siti” klubida davom ettirishga yaqin turibdi, deb yozadi Marca nashri.
Ma`lum bo`lishicha, “Chelsi” brazliyalik 26 yoshli futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgandi, ammo oraga “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola qo`shildi va uni Manchesterga kelishga ko`ndirdi. Brazliyalik himoyachining transfer narxi 30–30 mln evro atrofida bo`lishi kutilmoqda.
Danilo 2015 yili “Portu”dan 31,5 mln evro evaziga “Real”ga qo`shilgandi. O`tgan mavsumda u La Liganing 17 o`yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi. Uning “Real” bilan kelishuvi muddati 2021 yilgacha mo`ljallangan.






