O`zbekiston Professional Futbol Ligasi shuni ma`lum qiladiki, 2016 yildan boshlab futbolda “Agent” tushunchasi bekor qilinib, o`rniga “Vositachi” tushunchasi kiritildi.
2016 yilning aprel oyidan buyon O`zPFLda birorta ham “Vositachi” ro`yxatdan o`tmadi. O`zbekiston Respublikasi hududida vositachilik qilmoqchi bo`lganlar albatta O`zPFLda ro`yxatdan o`tishi kerak bo`ladi.
Vositachilar shu yilning 9 avgustiga qadar O`zPFLda ro`yxatdan o`tishi lozim.