Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi shu yilning 5–6 avgust kunlari Tojikiston termasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. O`rtoqlik o`yinlari Tojikistonning Xo`jand shahrida bo`lib o`tadi, deb yozadi O`FA matbuot xizmati.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Xo`jandga 4 avgustda yo`l oladi. Bo`lajak o`yinlar O`zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo`lib o`tadigan 2017 yilgi Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.
Ma`lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o`yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o`tkaziladi.






