Evropaning top klublari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida dunyoning turli hil shaharlarida o`tkazilayotgan International Champions Cup an`anaviy tijorat turnirida ishtirok etishmoqda.
AQShning Detroyt shahrida Rimning “Roma” hamda Fransiyaning “PSJ” klublari o`rtasida bellashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida durang bilan tugagach, jamoalar penaltilar seriyasida o`z omadlarini sinab ko`rishdi.
Yakunda 3:5 hisobida parijliklar g`alabani tantana qilishdi. Quyida o`yin tafsilotlari va videosini tomosha qiling.
“Roma” (Italiya) – “PSJ” (Fransiya) – 1:1 (0:1)
Penaltilar seriyasi – 3:5
Gollar: 0:1 – Markinos (36), 1:1 – Umar (60).
“Roma”: Alisson, Bruno Peres, Moreno (Kastan, 46), Manolas (Fasio, 46), Jezus (Sek, 84), Gonalon (de Rossi, 61), Iturbe (Jerson, 46), Strotman (Nainggolan, 46), Lorenso Pellegrini (Tumminello, 46), Perotti (Antonuchchi, 61), Jeko (Umar, 46).
“PSJ”: Areolya, Dani Alves (Nkunku, 69), Kurzava (Yuri, 72), Markinos, Tiago Silva (Kimpembe, 46), Rabo (Matyuidi, 46), Lukas Moura, Tiago Motta (Kallegari, 69), Lo Chelso (Bernede, 82), Pastore (Gedesh, 69), Xese (Eduar, 82).






