Xitoyning Shanxay shahrida International Champions Cup turniridan o`rin olgan “Bavariya” – “Arsenal” o`yini bo`lib o`tdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Robert Levandovski penaltidan unumli foydalanib, myunxenliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Aleks Ivobi esa uchrashuvga hakam tomonidan qo`shib berilgan to`rtinchi daqiqada hisobni tenglashtirishga erishdi. Penaltilar seriyasida esa “to`pchilar” 3:2 hisobida ustun kelishdi va g`alabaga erishishdi.
“Bavariya” – “Arsenal” 1:1 (1:0, 0:1)
Penaltilar seriya – 2:3
Gollar: Levandovski (9, penalti) – Ivobi (90+4)
“Bavariya”: Shtarke (Fryuxtl, 46), Xummels, Martines (Sanshesh, 46), Rafinya (Getse, 75), Bernat, Alaba, Tolisso (Dorsh, 75), Xames (Vintsxaymer, 65), Myuller (Koman, 46), Riberi (Fridl, 75), Levandovski (Pantovich, 65).
“Arsenal”: Chex (Martines, 72), Belik (Bremoll, 46), Monreal, Meytlend-Naylz, Kolashinas (Nelson, 44), Koklen (Uillok, 46), El-Nenni, Jaka (Remzi, 62), Ozil (Ivobi, 46), Uelbek (Nketia, 72), Lyakazett (Uolkott, 46).






