AsosiySport

O`ZBEKISTON MTJ NAZORAT O`YINIDA “ZOB AHAN”GA IMKONIYaTNI BOY BERDI

'O`ZBEKISTON MTJ NAZORAT O`YINIDA “ZOB AHAN”GA IMKONIYaTNI BOY BERDI'ning rasmi

Turkiyaning Izmit shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini davom ettirayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi kecha, 19 iyul kuni Eronning “Zob Ahan” klubiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida “Zob Ahan” futbolchilari tomonidan burchakdan amalga oshirilgan standart vaziyat golga aylandi. 23 iyul kuniga qadar davom etadigan yig`in davomida yana bitta nazorat o`yini o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Nazorat uchrashuvi
Turkiya, Izmit
19 iyul, chorshanba

O`zbekiston – “Zob Ahan” (Eron) – 0:1

O`zbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 46), Akmal Shorahmedov, Murod Xolmuhammedov, Sherzod A`zamov, Davron Hoshimov (Murod Toshmatov, 73), Farrux Sayfiev, Salamat Quttiboev (Bahrom Abdurahimov, 78), Jaloliddin Masharipov (Suhrob Berdiev, 64), Sardor Mirzaev (Erkin Boydullaev, 46), Otabek Shukurov, Igor Sergeev (Shohruz Norxonov, 46).

Turkiyadagi o`quv-mashg`ulotlar yig`ini milliy terma uchun JCh–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o`yinlariga tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi.

O`zbekiston terma jamoasi saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Boshqa yangiliklar