AsosiySport

O`zbekistonda vositachi bo`lish uchun qanday hujjatlar kerak bo`ladi

'O`zbekistonda vositachi bo`lish uchun qanday hujjatlar kerak bo`ladi'ning rasmi

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekiston Professional Futbol Ligasi 2016 yildan boshlab futbolda “Agent” tushunchasi bekor qilinib, o`rniga “Vositachi” tushunchasi kiritilgani haqida ma`lum qilgandi.

O`zbekiston Respublikasi hududida vositachilik qilmoqchi bo`lganlar albatta O`zPFLda ro`yxatdan o`tishi kerak bo`ladi. Buning uchun quyidagi hujjatlar O`zbekiston Futbol Federasiyasi maslahatchi-huquqshunosi (yuriskonsulti)ga taqdim etilish lozim.

1. Pasport nusxasi;

2. O`FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev nomiga ariza;

3. Futbolchi yoki klub bilan shartnomas nusxasi;

4. Vositachilik haqida deklarasiya imzo chekish.

Qayd etish joiz, vositachilar shu yilning 9 avgustiga qadar O`zPFLda ro`yxatdan o`tishi kerak.

Boshqa yangiliklar