1

JCh–2018 SARALAShI. XITOY – O`ZBEKISTON UChRAShUVINING BOShLANISh VAQTI VA HAKAMLARI MA`LUM

Sport 20.07.2017, 15:40
Teglar: Futbol
JCh–2018 SARALAShI. XITOY – O`ZBEKISTON UChRAShUVINING BOShLANISh VAQTI VA HAKAMLARI MA`LUM

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o`rin olgan Xitoy – O`zbekiston o`yiniga rasmiylarni tayinladi va uchrashuv boshlanish vaqtini belgilab berdi.

Mazkur o`yinni Shri-Lanka mamlakati vakillari bo`lgan hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam vazifasini Krishanta Dilan Perera Xettikankanamge bajaradi. Unga qanotlarda Priyanga Namal Palliya Guruge hamda Palita Parrakrama Denie Gedara yordam beradi.

Zaxira hakami vazifasi Kuttiappa Rajarantam Prashant Rajakrishnaga yuklatildi. BAA vakili Ali Muhammad Bujsaim Shri-lankalik hakamlar ishiga baho beradi. O`yin komissari – Xoay An Li (Vetnam).

Xitoy – O`zbekiston uchrashuvi Uxan shahridagi Wuhan Sports Center maydonida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1