AsosiySport

NEYMAR “PSJ”GA O`TIShI 95% ANIQ BO`LDI

'NEYMAR “PSJ”GA O`TIShI 95% ANIQ BO`LDI'ning rasmi

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Neymarning PSJga o`tishi 95 foizga aniq bo`lib ulgurgan. Bu haqda Catalunya Radio xabar bermoqda.

Kalaoniyaliklar 25 yoshli braziliyalik forvardning shartnomasida belgilab qo`yilgan 222 mln evro tovon pulini kamaytirishmoqchi emas. Bundan tashqari Neymarni sotib olishga bel bog`lagan parijliklar uning otasiga ham 40 mln evro miqdorida bonus berishlari lozim.

Klub rahbariyati futbolchining otasiga transfer rasman amalga oshganidan so`ng ushbu mablag`ni to`lab berishlari haqida kafolat xati yozib berishgan. Gap shundaki, endi bu boradagi yakuniy qarorni futbolchining o`zi qabul qilishi kerak.

    Boshqa yangiliklar