1

“Bolajonlar-bolalarga” aksiyasi xalqaro darajaga ko`tarilmoqda

Shou-biznes 14.08.2013, 22:48
“Bolajonlar-bolalarga” aksiyasi xalqaro darajaga ko`tarilmoqda
V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyida “Bolajonlar – bolalarga!” xayriya aksiyasi doirasidagi navbatdagi konsert bo`lib o`tdi.         «O`zbekiston madaniyati va san`ati forumi» jamg`armasi hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi hamkorligida o`tkazilgan konsertda mazkur liseyning O`smirlar simfonik orkestri hamda Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Yoshlar orkestri ishtirok etdi. Koreyadan tashrif buyurgan musiqachilar guruhini Pushkin House simfonik orkestrining 34 nafar yosh musiqachilari, rahbar Kim Son Men, dirijyor Li Kon Su va iste`dodli koreyalik aktyor Xvan Gonlar tashkil etadi. 
Mazkur liseyning O`smirlar simfonik orkestri mamlakatimizda o`tkazilayotgan turli san`at bayramlari, musiqa festivallari, madaniy-ma`rifiy tadbirlarning doimiy ishtirokchisidir. Xorijiy mamlakatlardagi bolalar va o`smirlar musiqa jamoalari bilan keng hamkorlikning yo`lga qo`yilgani yosh ijrochilarning o`zaro fikr almashishi va ijodiy muloqotiga xizmat qilmoqda.     

«Bolajonlar – bolalarga!» aksiyasi 2005 yildan buyon muntazam o`tkazib kelinmoqda. Undan tushgan mablag` qon xastaligi bilan og`rigan bolalarni davolashda qo`llaniladigan dori-darmonlar xaridiga yo`naltirilmoqda.

Konsertda o`zbek va jahon bastakorlari asarlaridan namunalar ijro etildi. Bundan tashqari ishtirokchilar Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan bolalar uchun ham maxsus konsert dasturini uyushtirishni rejalashtirishgan.
Simfonik orkestlar ishtirokidagi navbatdagi konsert Seulda “Bolajonlar-bolalarga” aksiyasining yangi do`stlari davrasida o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1