Bugun Ispaniya chempionatining 2017/18 mavsumi taqvimini aniqlash uchun qur`a tashlandi va “Real” hamda “Barselona” o`rtasidagi ikki “El-Klasiko” sanalari ham ma`lum bo`ldi.
Azaliy raqiblarning birinchi to`qnashuvi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo`lib o`tadi. Muxlislar ushbu o`yinni 20 dekabr kuni tomosha qilishadi.
“Kamp Nou”da bo`lib o`tadigan ikkinchi “El-Klasiko” esa 2018 yilning 6 may kuni o`tkaziladi.






