1

"Sharq taronalari" festivalida 60ga yaqin mamlakat san`atkorlari qatnashadi

Shou-biznes 14.08.2013, 22:50
"Sharq taronalari" festivalida 60ga yaqin mamlakat san`atkorlari qatnashadi
2013 yil 25-30 avgust kunlari Samarqand shahrida o`tkaziladigan «Sharq taronalari» IX xalqaro musiqa festivalida 60ga yaqin mamlakat san`atkorlari ishtirok etadi. 
Bu haqda bugun O`zbekiston Milliy matbuot markazida festivalni tashkil etish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumanida ma`lum qilindi. 
«Sharq taronalari» IX xalqaro musiqa festivali ijrochi direktori To`rabek Mahmudovning so`zlariga ko`ra, 1997 yildan buyon Samarqandda har ikki yilda muntazam o`tkazib kelinayotgan mazkur musiqa anjumanining qamrovi va qatnashchilari safi tobora kengayib bormoqda. Agar dastlabki festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bo`lsa, bu yil ularning soni 60ga yaqinlashadi. 
Hozirda ushbu festival mehmonlarini kutib olish va konsert dasturlarini yuqori saviyada o`tkazish bilan bog`liq tashkiliy ishlar yakunlanmoqda. Unda O`zbekiston nomidan ishtirok etadigan yurtimiz san`atkorlari, folklor va xoreografik ansambllari festivalga qizg`in hozirlik ko`rishmoqda.
Eslatib o`tamiz, festival doirasida «Sharq musiqa an`analari zamonaviy madaniyat tizimida» mavzusidagi ilmiy konferensiya ham o`tkaziladi. Shuningdek, mehmondar samarqanddagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muzeylarga sayohat qiladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1