Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Valensiya” jamoasining singapurlik xo`jayini Peter Lima xonadonida mehmon bo`ldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko`ra Xitoyga ketayotgan portugaliyalik hujumchi yo`l-yo`lakay bir qator tadbirlarda ishtirok etish uchun Singapurga to`xtab o`tgan.
Ma`lumot uchun, Peter Lima Ronalduning imij huquqini boshqaradigan Mint Media kompaniyasining ham xo`jayini hisoblanadi.






