Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"ga qarshi (1:1, pen.seriyasi 1:2) o`yindan keyin bir qator masalalar bo`yicha o`z fikrlarini aytib o`tdi.
“O`yindan ko`nglim to`ldi. Juda yaxshi darajada o`ynadik. Muhimi, o`yinda hech kim jarohatlanmadi. Men rahbariyatdan markaziy hujumchini sotib olmaslikni so`radim. Bu haqida jurnalistlar bilishadi. Jamoa tarkibida 28 nafar futbolchi bor.
Mashg`ulotlarda katta mehnat qilinyapti. Har bir futbolchining harakatlaridan qoniqyapman. Ramos ham deyarli tayyor. Yaqin kunlarda Ramos mashg`ulotlarga qaytadi. Penaltilar seriyasi yaxshi o`tmadi. Chunki ko`pchilik nuqtadan adashdi. Muhimi o`yinni jarohatlarsiz va yaxshi o`tkazdik”, – dedi fransiyalik mutaxassis.






