O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon hamkasblari va muxlislarini Instagram`dagi sahifasi buzib kirilganidan ogohlantirdi.
"Aziz do`stlar, hamkasblar, mani profilimdan xakkerlar hammaga har xil gaplarni yozib yuboryapti. Bir necha marta profilimni buzmoqchi bo`lishdi. Shunga direktdan mani nomimdan turli xil gaplar kelsa ishonmang. U odamlarga esa faqat omonlik tilayman. Xudo berdi, O`zi oladi, bu instagram siqilib, qayg`urishga arzimaydi. O`ziga tavakkal! Hammaga raxmat, jumladan xakerlarga ham",—deb yozadi xonanda Instagram`dagi sahifasida.