O`tgan mavsum so`nggida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Filipp Lam Germaniya jurnalistlari talqiniga ko`ra mamlakatning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Ikkinchi o`rinni “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos egallagan bo`lsa, kuchli uchlikka “Borussiya D” hujumchisi Per-Emerik Obameyan yakun yasadi.
Filipp Lam 2001 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Shu vaqt davomida u 8 karra Germaniya chempioni, 6 bor mamakat Kubogi sohibi va bir martadan EChL hamda klublar o`rtasidagi JCh g`olibi bo`lgan.






