AsosiySport

OLIY LIGA KLUBLARI VAKILLARIGA MYCUJOO.TV SAYTIDA TRANSLYaSIYa QILISh JARAYoNI BO`YIChA SEMINAR O`TKAZILDI

'OLIY LIGA KLUBLARI VAKILLARIGA MYCUJOO.TV SAYTIDA TRANSLYaSIYa QILISh JARAYoNI BO`YIChA SEMINAR O`TKAZILDI 'ning rasmi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamda Shveysariyaning “Empower Sports” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish borasida shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

Kelishuvga ko`ra, ikkinchi davradan boshlab O`zbekiston chempionati Oliy Liga uchrashuvlarining to`g`ridan-to`g`ri translyasiyalari “Empower Sports” kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida, Oliy Liga klublari rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida bir paytning o`zida translyasiya qilinadi.

Shu munosabat bilan 23–24 iyul kunlari Toshkentdagi Raddison Blu Hotel mehmonxonasida Oliy Liga ishtirokchi jamoalari vakillari uchun maxsus seminar-ustaxona tashkil etildi. Seminar “Empower Sports” kompaniyasi vakillari Diego Kompaire va Daniel Portabella tomonidan olib borildi.

Unda Shveysariya kompaniyasining maxsus internet-platformasi bo`lgan Mycujoo.tv saytida futbol o`yinlarini qay tariqa jonli efirga uzatish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Seminar yakunida O`FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev so`zga chiqib, boshlangan hamkorlik O`zbekiston futboli rivojlanishiga katta hissa qo`shishini ta`kidladi. O`zPFL bosh direktori Farhod Magametov O`zbekistonga tashrif buyurib, o`z mahorati bilan bo`lishgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi va esdalik sovg`alarini topshirdi.

Boshqa yangiliklar