AsosiySport

"MYu" SOBIQ FUTBOLChISI YaNA ANGLIYaGA QAYTDI

'"MYu" SOBIQ FUTBOLChISI YaNA ANGLIYaGA QAYTDI'ning rasmi

Meksika terma jamoasi hujumchisi Xaver Ernandes o`z faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettiradi. Londonning "Vest Xem" klubi 29 yoshli futbolchini "Bayer"dan sotib oldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Chichoritoning transferi qiymati 18 million evroni tashkil qilgan. Meksikalik futbolchi "bolg`achilar" bilan 3 yillik shartnoma tuzgan.

Chichario 2015 yil yozidan "Bayer" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U leverkuzenliklar uchun 76 ta o`yinda maydonga tushib, o`z hisobiga 39 ta gol yozib qo`ygan.

Xaver Ernandes 2010-2014 yillar davomida Angliyaning eng mashhur klublaridan biri bo`lgan "Manchester Yunayted"da to`p surgan.

    Boshqa yangiliklar