AsosiySport

AZIZ ASIMOV OSIYo KUBOGI–2019 SARALASh BOSQIChI UChRAShUVIDA IShLAYDI

'AZIZ ASIMOV OSIYo KUBOGI–2019 SARALASh BOSQIChI UChRAShUVIDA IShLAYDI 'ning rasmi

Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) Osiyo Kubogi–2019 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 3-turidan o`rin olgan KXDR – Livan uchrashuvlariga rasmiylarni tayinladi.

Unga ko`ra, o`zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov mazkur o`yinda bosh hakam bo`lib ishlaydi. Alisher Usmonov va Timur Gaynullin qanot hakamlari vazifasini bajaradi. Zaxira hakami – Sherzod Qosimov.

O`yin komissari – hindistonlik Rufus Prins. Hakamlar nazoratchisi vazifasi Gonkong vakili Lam Chi Xoga yuklatildi. Eronlik Shahin Rahmoni xavfsizlik ofiseri etib tayinlandi.

Ma`lumot uchun, KXDR – Livan uchrashuvi 5 sentyabr kuni KXDR poytaxti Pxenyan shahrida bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar