AsosiySport

BIR OYoG`IDAN AYRILGAN "ShAPEKOENSE" DARVOZABONI ILK MAShG`ULOTINI O`TKAZDI

'BIR OYoG`IDAN AYRILGAN "ShAPEKOENSE" DARVOZABONI ILK MAShG`ULOTINI O`TKAZDI'ning rasmi

Braziliyaning “Shapekoense” klubi 2016 yilning 29 noyabr sanasida Kolumbiyaning Medelin shahri osmonida avihalokatga uchragan edi. Bortda bo`lgan 77 insondan faqat 6 tasini qutqarib qolishning uddasidan chiqilgan.

Shulardan biri jamoa darvozaboni Jekson Folmanndir. U ushbu aviahalokat natijasida bir oyog`idan ayrilgan. “Marca” nashri xabariga ko`ra, fojeadan so`ng golkiper protez-oyoq qo`ydirgan va klub stadioni – “Arene Konda”da ilk mashg`ulotini o`tkazdi.

Eslatib o`tamiz, Folmanndan tashqari himoyachi Alan Rushel va Netolar ham falokatdan omon qolishgandi.

    Boshqa yangiliklar