"Ummon" guruhi Internetda tarqalgan bahayo suratlarga izoh berdi

Shou-biznes 15.08.2013, 01:20
"Ummon" guruhi Internetda tarqalgan bahayo suratlarga izoh berdi
Yaqinda ijtimoiy saytlardan birida “Ummon” guruhi vakili Zohidning suratiga ko`zimiz tushdi. Uning bir qiz bilan behayo holatda ko`rib, avvaliga hayron bo`ldik, suratni kimdir mahorat bilan yasaganmi yoki undagi manzara haqiqatdan ham ro`y berganmi? Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida guruh yigitlari bilan bog`landik.  Zohid: — Ochig`i, bu suratning fotokollaj ekanligini bilsam ham, uyaldim. Sababi birovning sha`niga putur etkazish uchun shuncha harakat qilgan odam qanchalik darajada orsiz bo`lishi kerak?!. Unga qo`l urganlarni xudoga soldim. Bu suratni ko`rganlardan esa ishonmasliklarini so`rab qolaman...
—“whatsapp” dasturi orqali ham bir surat tarqaldi... U erda guruhiningiz yigitlari maymun obrazida qo`shiq kuylashyapti...

Jasur: — Bu rasmni ham ko`rdik va kulishdan boshqa chora topolmadik. Raqiblarimiz xayoliga nima kelsa, shuni qilyapti. Bu kabi bo`lar-bo`lmas holatlar bizni sindirmaydi. Aksincha, yanada ko`proq ishlashga kuch beryapti. 
Shohrux: — Kishi o`z kuchi, tarbiyasi va dunyoqarashini turli narsalarga bag`ishlar ekan. Biz san`atni sevamiz va shu sabab ijod qilyapmiz. Boshqalarning ishini baholashni esa bekorchilarga qo`yib beraylik...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1