AsosiySport

FUTZAL. “OLMALIQ” KLUBLAR O`RTASIDAGI OChDA O`Z IShTIROKINI YaKUNLADI

'FUTZAL. “OLMALIQ” KLUBLAR O`RTASIDAGI OChDA O`Z IShTIROKINI YaKUNLADI 'ning rasmi

Vetnamning Xoshimin shahrida davom etayotgan klublar o`rtasidagi Osiyo chempionati “D” guruhida O`zbekistonning “Olmaliq” klubi Tailandning “Chonburi Blyuveyv” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

O`yin davomida ustunlikka ega bo`lgan Tailand klubi vakillari 5:0 hisobida g`alaba qozonib, keyingi bosqichga yo`llanma oldi. Dastlabki o`yinda Livanning “Bank Beyrut” futzalchilariga 3:8 hisobida imkoniyatni boy bergan “Olmaliq” esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Klublar o`rtasidagi OCh
Phu Tho Stadium, Xoshimin
25 iyul, dushanba

“Chonburi Blyuveyv” (Tailand) – “Olmaliq” (O`zbekiston) 5:0

Gollar: K.Vongkaeo 1, T.Subhavut 34, J.Ronnachai 36, K.Peerapat 38, Ch.Apivat 40

Ogohlantirish: D.Irsaliev 40

Amalga oshirilmagan dabl penalti: J.Sornvichian 40

“Chonburi Blyuveyv” (birinchi beshlik): 12.Katavut Hankampa, 4.Rudimar Fenansio, 7.Kritsada Vongkaeo, 8.Jiravat Sornvichian, 9.Subhavut Tuenklang.

Zaxira: 1.Arut Senbat, 2.Peerapat Kaevvilai, 3.Suttiroj Nattapon, 5.Ronnachai Jungvonsuk, 6.Nattavut Srirangpirot, 10.Nattavut Madyalan, 11.Apivat Chaemcharoen, 13.Jetsada Chudech, 14.Sorasak Puunjungrid.

“Olmaliq” (birinchi beshlik): 12.Klim Tyugaev, 2.Dilshod Irsaliev, 4.Shuhrat Tojiboev, 6.Javlon Anorov, 7.Farhod Abdumavlonov.

Zaxira: 1.Ravshan Eliboev, 3.Ilhom Rajabov, 9.Sunnat Kuralov, 10.Jamoliddin Sharipov, 11.Artur Yunusov, 13.Sirojiddin Mahmudov, 14.Konstantin Sviridov.

    Boshqa yangiliklar