AsosiySport

ICC–2017. GOLLAR ShOUSIDA “YuVENTUS” “PSJ”NI MAG`LUB QILDI (VIDEO)

'ICC–2017. GOLLAR ShOUSIDA “YuVENTUS” “PSJ”NI MAG`LUB QILDI (VIDEO)'ning rasmi

International Champions Cup–2017 turniri doirasida Italiya chempioni “Yuventus” Fransiya vise-chempioni “PSJ”ga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy kechgan o`yinda turinliklar 3:2 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida Markizio dubl qayd etgan bo`lsa, Iguain yana bitta golga mualliflik qildi.

Parijliklardan Gonsalu Gedesh va Xaver Pastore gol urdi.

PSJ Fransiya – Yuventus Italiya 2:3 (0:1, 2:2)

Gollar: 0:1 – 45 Iguain, 1:1 – 53 Gonsalu Gedesh, 1:2 – 62 Markizio, 2:2 – 80 Pastore, 2:3 – 89, penalti Markizio.

Ogohlantirishlar: Bentankur (23), Verratti (29), Dani Alves (60).

PSJ – Areolya (Deskam, 61), Tiago Silva (Markinos, 46), Berchiche (Kurzava, 46), Mene (Dani Alves, 46), Kimpembe, Matyuidi (Nkunku, 46), Motta (Kallegari, 46), Lukas Moura (Gonsalu Gedesh, 46), Verratti (Lo Chelso, 46), Di Mariya (Pastore, 61), Kavani (Xese, 46).

Yuventus – Buffon (Pinsolo, 65), Benatiya (De Shilo, 46), Aleks Sandro (Mandragora, 46), Lixtshtayner (Asamoa, 46), Kellini (Bardzali, 46), Kuadrado (Sturaro, 46), Xedira (Pyanich, 46), Bentankur (Rinkon, 46), Mandjukich (Kin, 46), Dibala (Kaligara, 46), Iguain (Markizio, 46).


    Boshqa yangiliklar